O’zbekiston O‘zbekiston XMT uchun o‘ziga xos namunali modelga aylandi

O‘zbekiston XMT uchun o‘ziga xos namunali modelga aylandi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Jenevada (Shveysariya) o‘tkazilgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 111-sessiyasi doirasida Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat standartlari departamenti direktori Korin Varga bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat sohasida inson qadr-qimmati va erkinliklarini himoya qilish, mazkur yo‘nalishda xalqaro standartlarni real va izchil joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida XMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi bugungi munosabatlar mustahkam va ishonchga asoslangan holda rivojlanib borayotgani alohida taʼkidlandi.

XMT departament direktori O‘zbekiston tomoniga XMT bilan konstruktiv hamkorlik qilish yo‘lidagi qatʼiyat va siyosiy iroda uchun minnatdorlik bildirdi.

– O‘zbekiston bilan ko‘p yillik hamkorlik natijasida olgan tajribamizdan bugungi kunda XMT shu kabi muammolarga duch kelayotgan boshqa davlatlar bilan muloqot o‘rnatishida samarali foydalanmoqda. Mamlakatingiz XMT uchun boshqa davlatlar, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida o‘ziga xos namunali model bo‘la olishini alohida taʼkidlamoqchimiz, – dedi Korin Varga.

Uchrashuv so‘ngida XMT konvensiyalarini ratifikatsiya qilish va ularning ijrosini taʼminlash yo‘nalishida hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston XMT uchun o‘ziga xos namunali modelga aylandi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Jenevada Xalqaro mehnat tashkiloti departamenti direktori Korin Varga bilan muzokara o‘tkazdi