Aholini o‘qitib, ularni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi. Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Bunday tadbirkorlarni rag‘batlantirish uchun 2030 yilga qadar yana 6 milliard dollar mablag‘ ajratiladi.
Bu dastur doirasida, qiymati 50 milliard so‘mdan yuqori loyiha tashabbuskorlariga infratuzilma xarajatlari to‘liq qoplab beriladi (hozir – 200 milliard so‘m).
Shuningdek, ushbu tadbirkorlar:
– kamida 20 foiz kambag‘al oila a’zosini bir yil davomida ish bilan ta’minlaganda mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;
– “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilsa, ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi;
– barcha soliqlarni bir yilgacha kechiktirib to‘lashlari mumkin bo‘ladi;
– faoliyatiga doir soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.