Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.R. va M.A. fuqaro G.R.dan jami 5 000 AQSH dollarini 57 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.A. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro N.M.ga 34,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.