O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev Lola Murodova nomidagi fermerlar maktabini tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Lola Murodova nomidagi fermerlar maktabini tashkil etishni taklif qildi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda O‘zbekiston Qahramoni Lola Murodovani yodga oldi.

“Albatta, viloyatning fidoyi dehqon va fermerlari haqida gap ketganida, mana shu Oltiariq farzandi bo‘lgan, O‘zbekiston Qahramoni, rahmatli Lola opa Murodovani eslaymiz. Iloyim, ruhlari shod bo‘lsin!

Bu zahmatkash, olijanob inson o‘zbek ayollarining timsoli edi. U kishini hammamiz yaxshi ko‘rar, chuqur hurmat qilar edik.

Butun hayotini el-yurt ravnaqiga, Farg‘onani obod qilishga bag‘ishlagan bu ulug‘ yurtdoshimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida viloyatda Lola Murodova nomidagi fermerlar maktabini tashkil etsak, sizlar bu taklifga qanday qaraysizlar?”,  deya Shavkat Mirziyoyev zaldagilarga yuzlandi. Uchrashuvdagilar ushbu taklifni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladi.

“Bu maktabda nafaqat Farg‘ona, balki barcha hududlarimizdan kelgan fermerlar bilim va malaka oshirsa, o‘ylaymanki, ayni muddao bo‘ladi”,  dedi nomzod.