Jahon Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatdagi o‘rmon yonayotgan hududga bordi

Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatdagi o‘rmon yonayotgan hududga bordi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan eng yirik o‘rmon yong‘inini bartaraf etish ishlari olib borilayotgan Abay viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

Keltirilishicha, mamlakat rahbari tashrif davomida o‘rmon hududlaridagi yong‘inlarni o‘chirish ishlari bilan tanishadi, tezkor shtab yig‘ilishini o‘tkazadi, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining yaqinlari bilan uchrashadi.

Hozirgacha o‘rmon xo‘jaligining 14 nafar xodimi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.