Andijonda uy sotgan shaxs firibgarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
S.N oʻziga oldindan tanish boʻlgan K.J.ga Izboskan tumanida joylashgan koʻp qavatli uylarning toʻrtinchi qavatida joylashgan 2 xonali uyni 7.500 AQSH dollariga sotishga kelishib, mazkur pullarni J.K.dan olganidan soʻng uyni uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, qoʻlga kiritilgan pullarini shaxsiy ehtiyojlari yoʻlida sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan S.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.