O’zbekiston Kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi

Kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Quvondiq Sanaqulov Uchquduq tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Tuman madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan muloqotda nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan beshta strategik maqsad va asosiy yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etganidek, Shavkat Mirziyoyeving xalqchil tashabbus va konseptual g‘oyalari asosida yurtimizda tarixiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar iqtisodiyotimiz va jamiyatimizning barcha jabhasini qamrab oldi. Xususan, elektoratimiz manfaatiga aloqador bo‘lgan mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash borasida qator cheklovlar butunlay bekor qilindi. Tadbirkorlarga qancha yillardan beri to‘siq bo‘lgan muammolar yechim topdi, xalq farovonligi yo‘lida halol xizmat qilayotgan ishbilarmonlarga juda katta imkoniyatlar yaratildi. Natijada, biznes subyektlari soni 2016yilga nisbatan salkam olti baravarga ko‘paydi.

Nomzod saylovoldi dasturining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan insonlar salomatligini saqlash yo‘nalishida keyingi yetti yilda amalga oshirish zarur bo‘lgan aniq, manzilli rejalar belgilangan. Xususan aholi salomatligini yaxshilash uchun shart-sharoitlar tubdan yaxshilanadi, “Gepatit S” kasalligi bor bemorlar to‘liq davlat hisobidan davolanadi, 2024 yildan birlamchi bo‘g‘in orqali eng ko‘p uchraydigan 10 ta kasallikni davolash va 6 ta tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi. Shuningdek, tug‘ish yoshidagi va homilador ayollar, bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatiladi, har yili yurak nuqsoni bor 5 ming bola va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish ehtimoli yuqori bo‘lgan 10 ming chaqaloq davlat hisobidan bepul davolanadi.

Tadbir yakunida Quvondiq Sanaqulov partiyamizdan nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga barchani chaqirdi.