Jahon Sadir Japarov poraxo‘r amaldorlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

Sadir Japarov poraxo‘r amaldorlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakat amaldorlariga murojaat bilan chiqdi.

“33 yildan beri o‘g‘rilik qilyapsiz. Shuning uchun ham yurtimiz olg‘a siljimadi, rivojlanmadi. Hammangizni avval ham ogohlantirganman va yana ogohlantiraman. Bundan buyon o‘g‘irlangan pulni ikki baravar emas, 5-10 baravar qaytarasiz, xatto qamoqdan ham chiqolmaysiz, bu mening so‘nggi ogohlantirishim”, — deb yozdi mamlakat prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida.