Jurnalistik surishtiruv Perinatal markazidagi “o’yinlar”. Xodimlar e’tirozi haqlimi? – to’liq video

Perinatal markazidagi “o’yinlar”. Xodimlar e’tirozi haqlimi? – to’liq video

Taftish.uz Axborot agentligiga Navoiy viloyati perinatal markazi chaqaloqlar reanimasiyasi bo’limining bir guruh ishchi xodimlari tomonidan murojaat azrizasi kelib tushgan. Arizada Gafarov Farxod Bobojonovich rahbarligidagi Navoiy viloyati perinatal markazi chaqaloqlar reanimasiya katta hamshirasi Aralova Gulshan Hamroqulovna uzoq vaqtdan beri bo’limga yakka hukmronlik qilishi, bo’lim ishchi xodimlariga nisbatan turli tazyiq hamda bosimlar qilib kelishi va majburiy mehnatga jalb qilishi bo’yicha holatlarni qayd etib o’tishgan. Arizadagi holatlar o’rganilib, yig’ilgan materiallar ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishini so’rashgan.

Biz yuqoridagi holatlar bo’yicha Navoiy viloyati Perinatal markaziga ijodiy jamoamiz bilan tashrif buyurib, holatlarni birin- ketinlikda o’rganib chiqdik.

Jurnalistik tekshiruvlarimiz davomida Perinatal markazi direktori Farxod Bobojonovich fikrlarini ham o’rgandik.

Biz sizga o’z ko’rganlarimiz, har ikki tomon fikrlarini hamda xolislar so’zlarini taqdim etdik. Holatga baho berish o’zingizdan.