Jahon BMT Bosh Assambleyasi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Oʻzbekiston va yana 119 davlat buni yoqlab ovoz berdi. AQSH, Isroil va yana 12 davlat rezolyutsiyaga qarshi chiqdi.

Isroilning BMTdagi doimiy vakili Bosh Assambleya qarorini sharhlar ekan, BMTning “endi qonuniylik va ahamiyati zarracha ham qolmaganini” aytdi.

Bu paytda Isroil armiyasi Gʻazo sektorida quruqlikdagi harbiy harakatlar koʻlamini kengaytirmoqda.