Jahon Xitoy Afg‘onistonga $200 ming yordam ajratadi

Xitoy Afg‘onistonga $200 ming yordam ajratadi

G‘arb matbuotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 2000 dan, jarohatlanganlar soni esa to‘qqiz mingdan oshgan.
Afg‘oniston Qizil Yarim Oy Jamiyati vayronkor zilzila oqibatlariga qarshi kurashish uchun Xitoy Qizil Xoch jamiyatidan 200 ming dollar miqdorida gumanitar yordam oladi.
Bu haqda Xitoy Qizil Xoch jamiyati ma’lum qildi, deb yozadi “Report” “Sinxua” agentligiga tayanib.

Shanba kuni Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologik markazi Afg‘oniston g‘arbida 6,4 magnitudali bir necha zilzilalar haqida xabar berdi. G‘arb matbuotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 2000 dan, jarohatlanganlar soni esa to‘qqiz mingdan oshgan.

Agentlikning xabar berishicha, Xitoy Qizil Xoch Jamiyati Afg‘oniston Qizil Yarim Oy Jamiyatiga qutqaruv va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish operatsiyalari uchun favqulodda gumanitar yordam sifatida 200 ming AQSh dollari miqdorida naqd pul ajratishga qaror qilgan.