O’zbekiston Milliy media birlashmasi jurnalistlarga “Yangi kreativ maydon” yaratdi

Milliy media birlashmasi jurnalistlarga “Yangi kreativ maydon” yaratdi

📝O‘zbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan 17-20 avgust kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Ugam oromgohida “Media camp 2023” loyihasi doirasida jurnalistlar uchun seminar-trening rejalashtirilgan.

📡 Mazkur media oromgohda Birlashmaga aʼzo nodavlat teleradiokanallarning 100 dan ortiq ijodiy va texnik xodimlari Fransiya, Turkiyaning malakali jurnalistlari hamda Yunisef tashkilotining mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🤓Shuningdek, 4 kun davom etadigan media oromgohda yurtimizning tajribali va taniqli jurnalistlari ham ishtirok etishi va yosh jurnalistlarga kreativ, tezkor, xolis kontent tayyorlash bo‘yicha seminar-treninglar o‘tishi rejalashtirilgan.

✅ Bundan tashqari, tadbirlar davomida jurnalistlarni musiqiy-ko‘ngilochar dasturlar, qiziqarli sport musobaqalari hamda sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.