O’zbekiston O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada samarali muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada samarali muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Yaponiyaga tashrif doirasida ushbu mamlakat vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, delegatsiya rahbarining Yaponiya «Japan international training Cooperation Organzatinon» (JITCO) vitse-prezidenti Shigeo Matsumoti, sog‘liqni saqlash, bandlik va farovonlik vaziri Katsunobu Kato, Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Yumi Yosikava, Yaponiya taʼlim vazirligi vitse-prezidenti Yumi Yosikava va Liberal-demokratik  partiyasi vitse-prezidenti Taro Aso, moliya vaziri Shunichi Suzuki bilan  muzokaralari tashkil etildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tegishli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Yaponiya Kichik va o‘rta korxonalar tashkiloti va Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy tashkiloti (SME Support Japan) raisi Aitsusi Toynaga, Yamagata universiteti Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati hamda  Yaponiyadagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri – «Shimizu Corporation» vakillari bilan o‘zaro hamkorlik iqtiqbollarini  muhokama qilishdi.

Mamlakatimiz vakillari, shunindek,  Yaponiyaning eng yirik «JA Group» kooperativ birlashmasining Obu shahridagi markazi va «Dehqon bozori» faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish,  delegatsiyalar almashuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni yana-da  rivojlantirish masalalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.