O’zbekiston Sinszyanning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi joriy...

Sinszyanning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning birinchi yarmida 75,1 foizga o‘sdi

Joriy yil yanvar-iyun oylarida Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayonining Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan tovar ayirboshlash hajmi 75,1 foizga o‘sib, 119,66 milliard yuanga yoki 16,71 milliard dollarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Sinxua” Xitoy davlat axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, umuman olganda, Shinjonning tashqi savdosi joriy yilning birinchi yarmida 65,2 foizga o‘sib, so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkich 149,62 milliard yuanni (taxminan 20,9 milliard dollar) tashkil etdi, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 65,2 foizga o‘sdi.

«Sinszyan Xitoyning «Bir kamar va yo‘l» bo‘yidagi mamlakatlar o‘rtasida yaqin savdo-iqtisodiy almashinuv, mamlakatdan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportida ijobiy tendensiya va qishloq xo‘jaligi importi bosqichma-bosqich kengayib borayotganidan guvohlik bermoqda, – deyiladi agentlik xabarida. – Yanvar-iyun oylari davomida Sinszyanning «Bir kamar va yo‘l» bo‘yidagi mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 138,3 milliard yuanga yetdi va 68,2 foizga o‘sishga erishdi. Mintaqaning Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 75,1 foizga oshib, 119,66 milliard yuanga yetdi».

Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida Sinszyanning elektr transport vositalari va quyosh panellari eksporti mos ravishda 363,3 foizga va 55,9 barobarga oshgan. «Bu mahalliy yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshib borayotganidan dalolat beradi», – deb yozadi “Sinxua”.