O’zbekiston O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Bokuda uchrashishdi

O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Bokuda uchrashishdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Bokuda uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov ma‘um qildi.

“Aziz birodarim, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan uchrashishdan mamnunman. Har qachongidan ham keng bo‘lgan mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlik kun tartibining barcha yo‘nalishlarini yanada faollashtirish yuzasidan samimiy suhbatlashdik. O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada mustahkamlash yo’lida izchil faoliyat yuritadi”, – deb yozgan Baxtiyor Saidov.