O’zbekiston Avstriya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta investitsiya loyihani amalga oshirmoqda

Avstriya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta investitsiya loyihani amalga oshirmoqda

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Avstriyaning Lasselsberger Group kompaniyasi bosh direktori Yozef Lasselsberger bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan maʼlum qilishlaricha, 1957 yilda tashkil etilgan Lasselsberger Group qurilish materiallari, keramika va minerallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda u 26 mamlakatda 30 ta ishlab chiqarish zavodiga ega. Yillik aylanmasi – 20 milliard dollar.

Yozef Lasselsberger mamlakatimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. «So‘nggi paytlarda biz O‘zbekiston rahbariyatining xorijiy sarmoyadorlarga ko‘rsatilayotgan alohida qo‘llab-quvvatlashini his qilmoqdamiz», – dedi u.

Uchrashuvda Qashqadaryo viloyatida mikrokalsit va Samarqand viloyatida katta formatli keramogranit mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar loyiha tashabbuslarini amalda hayotga tatbiq etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini kelishib oldilar.