O’zbekiston O‘zbekiston bosh konsuli Mang‘istau viloyatidagi yirik mediakompaniya rahbari bilan hamkorlik ...

O‘zbekiston bosh konsuli Mang‘istau viloyatidagi yirik mediakompaniya rahbari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli Otabek Tursinbekov Mang‘istau viloyatidagi yirik mediakompaniyalardan biri – “Mang‘istaumedia” maʼsuliyati cheklangan jamiyati direktori Gulmira Abisheva bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Muloqot avvalida bosh konsul Gulmira Abisheva va “Mang‘istaumedia” MCHJ jamoasini yaqinlashib kelayotgan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabrikladi.

“Mang‘istaumedia” MCHJ rahbari mamlakatimizda ro‘y berayotgan keng ko‘lamli islohotlarning borishi va natijalari, yurtimizning iqtisodiy jozibadorligi, turizm salohiyati, shuningdek, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi xususida batafsil maʼlumotlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston Prezidentligi uchun kechadigan saylovda mamlakatimizdagi siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar va ularning dasturlariga eʼtibor qaratildi.

Konsullik okrugi hududlarida bo‘lib turgan vatandoshlarimizning Prezident saylovida konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishlari taʼminlash maqsadida Qozog‘istonning Atirau, Aqtobe, G‘arbiy-Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlarida ovoz berish nuqtalari tashkil etilishi maʼlum qilindi.

O‘z navbatida, Gulshan Abisheva O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatib borishini taʼkidlagan holda, erishilgan yutuqlarimizni yuqori baholadi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida “Mang‘istaumedia” MCHJ tarkibidagi bosma va elektron nashrlarda O‘zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqealar, mamlakatimizning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan turkum maqolalarni chop etish bo‘yicha kelishib olindi.

“Mang‘istaumedia” MCHJ viloyatning yetakchi “Maңg‘istau”, «Ogni Mangistau», “Jaңaөzen”, «Jaңa өmіr», “Rauan”, «Aqketіk arayi», “Qaraqiya”, “Mұnayli” bosma nashrlari va “Tangystaumedia.kz” veb-saytiga egalik qiladi.