O’zbekiston Farg‘onada giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi

Farg‘onada giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi

2023-yilning 03-iyun kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, T.Malik koʻchasida shubxali koʻringan T.R.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.