Fargʻona shahar, Yangi Asr koʻchasida yashovchi S.B IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 18-iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida “Тиcо” rusumli avtomashinasini kaliti oʻzida qoldirib, oyna va eshiklari ochiq holda turganidan foydalanib, avtomashinani boshqarib olib qochib ketganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Sh.R minib ketganligi aniqlanib, Yangi Asr koʻchasida joylashgan avtomobil yoqilgʻi quyish shaxobchasiga toʻxtagan vaqtida IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.