O’zbekiston Namanganda kelgusi 7 yildauy-joylar qurish hajmi kamida 10 marta oshiriladi

Namanganda kelgusi 7 yildauy-joylar qurish hajmi kamida 10 marta oshiriladi

Kelgusi 7 yilda Namanganda uy-joylar qurish hajmi kamida 10 marta oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Xususan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 34 ming oila o‘z boshpanasiga ega bo‘ladi. Buning uchun 1 ming 208 ta ko‘p qavatli uy quriladi.

Bundan tashqari, Davlatobod tumanida 50 ming xonadonga ega 721 ta ko‘p qavatli turar-joy majmuasi barpo etiladi.

“Bundan tashqari, 3 ming 700 kilometr suv tarmoqlari va 371 ta suv inshooti barpo etiladi va ta’mirlanadi. Bu orqali 123 ta mahallaga (360 ming aholi) ilk bor ichimlik suvi olib kelinadi.

Natijada 2030 yilga borib viloyat aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 90 foizga yetkaziladi (hozir – 80 foiz)” — dedi Shavkat Mirziyoyev.