O’zbekiston O‘zbekiston bosh konsuli Qozonda bo‘lib turgan Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari bilan...

O‘zbekiston bosh konsuli Qozonda bo‘lib turgan Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh  konsuli  Fariddin Nasriyev Qozon federal universitetining Fundamental tibbiyot va biologiya institutida  malaka oshirishda bo‘lib turgan  Andijon davlat tibbiyot instituti professor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi,  deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot avvalida diplomat Bosh konsulxona faoliyati  haqida maʼlumot  berdi. Volgabo‘yi federal okrugining 14 ta hududida O‘zbekiston  Bosh konsulxona ish olib borayotgani, konsullik idorasining saʼy-harakatlari mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish, iqtisodiy, madaniy va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilganligi taʼkidlandi.

Bosh konsul so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar o‘zinining  samarali natijalarini  berayotganini  qayd etdi. Joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘rgartishlar kiritish bo‘yicha referendum yakunlariga  eʼtibor qartildi. Shuningdek,  9 iyul kuniga  belgilangan muddatidan  ilgari Prezident sayloviga  ko‘rilayotgan  tayyorgarlik  jarayonlari,  nomzodlar va ular  tomonidan  ilgari surilayotgan dasturlar haqida so‘zlab berildi.