O’zbekiston O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Trinidad va Tobago O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 144-davlat bo‘ldi.

2023-yilning 15-iyun kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Trinidad va Tobago o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Hujjatni ikki mamlakat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Trinidad va Tobagoning BMTdagi doimiy vakili Dennis Frensis imzoladi.

Bu davlat Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohilida joylashgan, Britaniya Hamdoʻstligi, shuningdek, Amerika Davlatlari Tashkilotiga aʼzo.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Karib havzasi davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi.