O’zbekiston Toshkentning 3 ta tumanida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning 3 ta tumanida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning Chilonzor, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida ayrim joylarda elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatilmoqda.

Xususan, 16-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi:

  • Yashnobod tumanining: “Arg‘in” va “Bahor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
  • Yunusobod tumanining: Markaz 6-dahasi, “Registon” va “Qo‘shchinor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;
  • Chilonzor tumanining: “Dilxush” va “Qatortol” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, – deyilgan xabarda.