O’zbekiston Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Bangkokga parvozlarni boshlaydi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Bangkokga parvozlarni boshlaydi

2023-yil 3-avgustdan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Bangkok yo’nalishi bo’yicha reyslarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aviaqatnovlar dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yo’nalish bo’yicha aviachiptalarga 20% chegirma e’lon qilindi.