O’zbekiston Xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonlari haqida fikrlari

Xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonlari haqida fikrlari

Bugun Markaziy saylov komissiyasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasi, Federatsiya Kengashi Fan, taʼlim va madaniyat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umaxanov Ilyas Magomed-Salamovich:

Markaziy saylov komissiyasi saylov jarayonlariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rgan, saylov komissiyalari o‘z faoliyatini saylov qonunchiligiga ko‘ra amalga oshirganini alohida eʼtirof etish lozim. Saylov ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tdi.

Saylovlar juda muhim jarayon. Men muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatib borishdek baxtga muyassar bo‘lganimdan mamnunman. Ushbu muhim siyosiy tadbirda kuzatuvchi bo‘lish, katta masʼuliyat talab etadi, Biz missiya tarkibida ko‘plab saylov uchastkalarida bo‘ldik va u yerda barchasi saylov qonunchiligi talablari bo‘yicha o‘tganligini ishonch bilan ayta olaman.

O‘tgan yetti yil davomida saylov qonunchiligi takomillashib, nogironligi bor shaxslarning saylov jarayonida ishtirok etishida imkoniyatlar kengaytirilgani, barcha shart-sharoitlar yaratilganiga amin bo‘ldik. Saylov uchastkalarida fuqarolarning barcha qatlami uchun teng imkoniyatlar bor.

Arab saylov organlari assotsiatsiyasi Ijro apparati rahbari Xisham Maxmud Yusuf Kuxail:

O‘zbekistonga uchib kelishimiz bilan, bu o‘lka naqadar mehmondo‘st ekanligiga guvoh bo‘dik. Kecha biz 15 dan ortiq saylov uchastkalariga bordik. Uchastkalarda saylov jarayonlari tinchlik-osoyishtalik bilan o‘tdi. Saylovchilar uchastkalarga yuzlarida tabassum bilan kirib kelishdi. Mamlakatingizda saylovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar meni hayratga soldi. Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishni professional tarzda tashkillashtirilganligi, USK aʼzolarining o‘z ishiga masʼuliyat bilan yondashayotganligi tahsinga sazovor.

Biz Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikni kengaytirishga qaror qildik. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylov sohasidagi boy tajribasini jarayonlarning o‘zi ham ko‘rsatib turibdi. Demokratik saylovlar yuqori saviyada o‘tganligi bilan barchangizni tabriklaymiz.