Majburiy ijro byurosi Qoʼqon shahar boʼlimi ish yurituviga Fuqarolik ishlari buyicha Qoʼqon tuman tumanlararo sudining 22.06.2018 yil kungi qarzdorlar O.Xodjimatova va boshqalardan undiruvchi S.Аxmedova foydasiga solidar tartibda 51 mln. 627 ming soʼm undirish xaqidagi ijro xujjati 28.02.2020 yil kuni kelib tushgan va ijro ishi qoʼzgʼatilib, majburiy ijro harakatlari olib borilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 24 mln. 893 ming soʼm qisman undirilgan.
Qolgan qarzdorlik buyicha qarzdorlarning mol-mulklari oʼrganilganda qarzdor X.Qilichovga tegishli “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, roʼyxatga olish uchun borilganda mazkur avtomashina boshqa shaxslarga sotib yuborilganligi aniqlangan.
Qidiruv ishlari natijasiga koʼra ushbu avtotransprot vositasi 07.02.2022 yil kuni aniqlanib, tegishli tartibda xatlanib jarima maydonchasiga olib kirilishi taʼminlandi.
Hozirda zararni qoplash uchun mazkur xatlangan avtomashinani baxolash va auktsion savdoga qoʼyish choralari koʼrilmoqda.