Культура Toshkentda pullik toʻxtash joylari va avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi

Toshkentda pullik toʻxtash joylari va avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi

Toshkent shahrining magistral koʻchalari, jumladan, Keles yoʻli, Ahmad Donish, Bogʻishamol, Buyuk ipak yoʻli, Maxtumquli, Fargʻona yoʻli, Lutfiy, Beshqayragʻoch, Koʻkcha darvoza va Beruniy koʻchalaridagi 11 ta avtobus yoʻnalishida alohida boʻlaklar tashkil etiladi. Bu ishlar 2026-yilga qadar amalga oshiriladi. 2022-yil oxirgi choragida faqat Ahmad Donish koʻchasida alohida yoʻlak ishga tushiriladi.

Toshkent shahrining 10 ta koʻchasida, xususan, “Fidokor”, “Amir Temur”, “Nukus”, “Bratislava”, “Mirobod”, “Glinka”, “Avliyoota”, “Shevchenko”, “Said Baraka”, “Moshtabib” va “Yakub Kolas” koʻchalarida pullik toʻxtash joylari tashkil etiladi.

2022-yilning oxiriga qadar Toshkentdagi mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalari oʻrnatiladi.