Культура Andijonda erkak qarz sabab ayolni pichoqlab o‘ldirdi

Andijonda erkak qarz sabab ayolni pichoqlab o‘ldirdi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Andijonda erkak 19-fevral kuni qarz sabab ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 14:00 da 1990-yilda tug‘ilgan X.D. M.N. ismli ayol bilan avvaldan bir necha marotaba nizolashib, 5 ming dollar miqdoridagi qarz munosabatlari bo‘yicha o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida esa x.D. M.N.ni xo‘jalik pichog‘i bilan ko‘krak qafasiga ikki marotaba urib o‘ldirgan.

Holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.