Домой Sud-huquq Yon qoʻshnisi joni hisobiga qarzini uzgan qotil

Yon qoʻshnisi joni hisobiga qarzini uzgan qotil

0

Yon qoʻshni jon qoʻshni deb xalqimizda bejiz bu naql aytilmaydi. B.Zokirov (ism-familiyasi oʻzgartirilgan) 2020-yil yoz oylaridan boshlab internet tarmoqlari orqali qimor oʻyinlari oʻynab, 100.000.000 soʻmdan ziyod pul yutqazib, qarzlarini toʻlash uchun tanishlaridan qarzga pul mablagʻlari olib oʻz vaqtida qaytarib bera olmasdan 2021-yil 22-iyun kuni yon qoʻshnisi O.Qaxxorovga qarzlari koʻpayib ketgani uchun oʻz vaqtida qaytara olmayotganini aytib, 5.000 AQSH dollari miqdorida qarz berib turishni soʻragan.

Shunda, O.Qaxxorov 5.000 AQSH dollari puli borligi, lekin qurilish ishlari olib borayotgani sababli faqat 2.000 AQSH dollari berib turishini aytib, B.Zokirovga 2.000 AQSH dollari miqdorida pul bergan.

Bundan qoniqish hosil qilmagan B.Zokirov qoʻshnisi O.Qaxxorovning uyida yana pul borligi, kunduz kunlari u uyda boʻlmasligi, faqat uyda uning turmush oʻrtogʻi M.Qaxxorova yolgʻiz qolishini bilib, uning uyiga gʻayriqonuniy tarzda kirib pullarini qoʻlga kiritish jinoiy rejasini tuzgan.

Rejaga koʻra, B.Zokirov 2021-yil 23-iyun kuni soat 10:00 larda, O.Qaxxorovning xonadoniga, uyda hech kim yoʻqligi va uning turmush oʻrtogʻi M.Qaxxorova ham koʻchada ekanini bilib, ularning uyiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, uydagi pullarni yashirin ravishda qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan vaqtda, M.Qaxxorova uni ortidan xonadonga kirib qoladi, B.Zokirov jinoiy harakatlarini davom ettirib, oshxonadagi xoʻjalik pichogʻini olib, M.Qaxxorovaning homilador ekanini bilgan holda, unga hujum qilib, pichoq bilan uning koʻkrak va bilak sohalariga bir necha marta urib, boʻyin sohasini kesib, hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohat yetkazib hodisa joyidan qochib ketgan.
Oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan M.Qaxxorova shu kuni kasalxonada vafot etgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudining 2021-yil 5-oktyabrdagi hukmi bilan B.Zokirovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Yaxshilikni bilmagan qoʻshni B.Zokirovga aslida bu jazo ham kam lekin qonun barcha uchun barobardir.

Feruza Siddikova, Fargʻona viloyat sudining sudyasi

Предыдущая статья«Korrupsiyasiz hayot sari»
Следующая статьяYangilik sarlavhasi

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь