Домой O’zbekiston Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 23-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Bu gal yangiliklar, o‘ziga xos jihatlar ko‘p. 

Xususan, birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa keladi. Tashrif ham, avvalgilardan farqli ravishda, uch kun bo‘ladi.

Yana bir yangilik — Orolbo‘yi hududini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston tumanlari bittadan viloyatga biriktirilgan. Shu bois bu yerga Toshkent shahri va viloyat hokimlari ham kelgan. Ular o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazadi.

Предыдущая статьяUzAuto Motors Malibu uchun shartnomalar tuzish toʻxtatilganini rad etdi
Следующая статьяTojikistondan O‘zbekistonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь