Журналистский расследование Sayyor qabul muammolar yechimi

Sayyor qabul muammolar yechimi

Fargʻona viloyatining tuman, shaharlarida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari koʻpaygan mahallalar, tumanlarda profilaktika ishlarini jonlashtirishga qaratilgan sayyor qabullarni tashkil etish masalasida Fargʻona viloyat sudining raisi viloyat maʼmuriy sudi raisi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Boshqarmasi boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq Qabulxonasi mudiri oʻrtasida tasdiqlangan reja ijrosi yuzasidan Quva tumanida viloyat sudi raisi boshchiligida sudyalar ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Qabul jarayonida 30 ta murojaat qabul qilinib, shundan 19 ta masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, 11 ta murojaat qanoatlantirilib, joyida hal qilindi.

Ijobiy hal etilgan murojaatlar tahlil qilinganida, 11 nafar shaxslarga nisbatan ishlari sayyor sud majlisida koʻrilib, tayinlangan jazo turlari Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi tartibida muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
Qabulda hal boʻlgan 11 nafar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ogʻzaki tashakkurnomalar bildirildi.

Qobiljon Mutaliyev, Fargʻona viloyat sudining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi bosh konsultanti