Odatda koʻp qavatli uylarning pastki qismida kichik uy raqamlariga koʻzingiz tushadi.
Yangihayot tuman hokimligi ushbu “anʼana”ni oʻzgartirgan holda, koʻp qavatli uylarning yuqori qismi ilk marta katta shriftdagi raqamlar bilan raqamlanmoqda.
Koreya tajribasidan kelib chiqqan holda qilinayotgan mazkur ish tuman aholisi va shahar mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.