Tadbirni Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda “Chorvoq” erkin turistik-rekratsion zonasi direksiyasi direktorining birinchi o’rinbosari Aziz Nagayevlar ochib berishdi.
Matbuot anjumanida “Chorvoq” TRZ direksiyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Aziz Nagayev , direktsiya o‘rinbosarlari Mansur Raxmatullayev , Suna Park, “ARC” arxitektura byurosi rahbari hamda loyiha arxitektori Bobir Klichev, OAV vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Aziz Abduhakimov : “Boʻstonliq tumani yuqori turistik, tabiiy va rekreatsion salohiyatni o’zida jamlagan. Uni to’g’ri rivojlantirish o’zi bilan bir qator muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va investitsion o’zgarishlarni olib keladi.
Prezident qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida “Chorvoq” TRZ direksiyasi Bo’stonliq tumani hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda Bo‘stonliq tumanini kompleks rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
“Chorvoq” TRZ direksiyasi direktori o’rinbosari Suna Park:
“Biz Bo’stonliqni birinchi navbatda insonga qaratilgan ochiq, har bir tashrif buyuruvchi imkoniyati doirasida va odamlar uchun qulay bo‘lgan hudud sifatida ko‘ramiz. Bo’stonliqda mahalliy turistlarning oqimi ko’p bo‘lishiga qaramay, kam sonli insonlargina bu joyning go‘zalligi, boy tabiati, madaniyati va noyob tarixiy jihatlarini o’zlari uchun kashf qilish imkoniyatiga egadirlar. Shu bois, biz qulay transport tizimidan boshlab, bog’lar va veloyo’lakchalargacha bo’lgan eng qulay dam olishi sharoitlarini yaratishni maqsad qilganmiz. Bu borada Direksiya tomonidan ekoturizm, tabiiy va rekreatsion hududlarni barqaror rivojlantirish sohasidagi xalqaro tajriba batafsil o’rganilgan, shuningdek, jamoat joylari tizimini yaratishda Tatariston Respublikasi tajribasi qo’llanilgan.”
Shuningdek, matbuot anjumani davomida Fransiya hukumatining moliyaviy ko’magi bilan amalga oshirilgan xalqaro to’liq mavsumiy kurort tarkibidagi “Chimyon” dam olish maskani loyihasi ham taqdim etildi.