Zelenskiy Rossiyaning bu harakatini fashistlar Germaniyasi bilan solishtirgan
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan diplomati aloqalar uzilganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari shiddatli kurash olib borayotgani, dushman jiddiy yo‘qotishlarga uchraganini aytgan. U Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar Gyermaniyasi qanday hujum qilgan bo‘lsa, Rossiya ham xuddi shunday hujum boshlaganini qayd etgan.
“Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarori bilan davlatimizni qo‘lida qurol bilan himoya qilishga tayyor bo‘lgan barcha fuqarolardan mudofaa doirasidagi sanktsiyalarni olib tashlaymiz.”, — degan u ruslarni Ukraina bilan urushga qarshi mitinglarga chiqishga chaqirgan.