Home Maktabgacha ta’lim Maktabgacha ta’lim vazirligida jamoatchilik kengashi tuzildi va ish boshladi

Maktabgacha ta’lim vazirligida jamoatchilik kengashi tuzildi va ish boshladi

0

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi.  Ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, kuni kecha Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan jamoatchilik kengashi a’zolari hamda jurnalist va bloggerlar uchun tashkil qilingan matbuot anjumani maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag’ishlandi. Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida tashkil qilingan anjumanda vazirlik mutasaddilari hamda OAV vakillari faol ishtirok etdi.

Dastlab, tadbirni  Maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin kirish nutqi bilan ochib berdi. Shuningdek, Respublikamizda  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2017-2022- yillar oraligʻida amalga oshirilgan ishlar xususida tadbir ishtirokchilariga ma’ruza qildi.

Anjuman davomida  MTV huzurida ilk bor tashkil qilingan Jamoatchilik kengashi a’zolari tanishtirilib, shu vaqtning o’zida ish boshladi. Shu jumladan, Jamoatchilik kengashi raisi Sherzodxon Qudratxo’jayev kengashning asl mohiyati va afzalliklari, hamkorlikda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar hamda maktabgacha taʼlim tizimidagi muammolarni hal qilish yuzasidan kengash a’zolaridan taklif olishga kirishdi.

Tadbir yakunida maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Shuningdek, jurnalist va bloggerlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Ma’lumot o’rinda aytish joizki, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan 2018-2021-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida 1 424 ta(2021-yilda 199 ta) obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida bolalar uchun qo’shimcha 73 mingdan ortiq (2021-yilda 12 395) o’rinlar yaratilgan. “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi MTTda mavjud bo’lgan va qamrov ko’rsatkichi past boʻlgan 142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan, qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi.

 

Previous articleBMW yangi X3ni sinovdan oʻtkazdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here