Home O'zbekiston “Paxtakor” stadionida tartibsizlik keltirib chiqargan fuqarolarga sud tomonidan jazo tayinlandi

“Paxtakor” stadionida tartibsizlik keltirib chiqargan fuqarolarga sud tomonidan jazo tayinlandi

0

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining xabar berishicha, 11-iyun kuni “Paxtakor” stadionida Oʻzbekiston va Iroq jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan oʻyinda muxlislar tomonidan sodir etilgan ayrim harakatlarga huquqiy baho berildi. 

Xususan, mazkur uchrashuv paytida hakam tomonidan chiqarilgan qarorlarga ayrim muxlislar norozilik sifatida plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloqtirgan. 

Natijada stadionda fotomuxbir boʻlib xizmat olib borayotgan 1992-yilda tugʻilgan fuqaro J.S. qorin boʻshligʻidan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilgan, uning ahvoli yaxshi boʻlganligi sababli shu kuni kasalxonadan chiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998-yilda tugʻilgan A.Faxriddin, 1991-yilda tugʻilgan T.Sarvar, 1984-yilda tugʻilgan B.Toʻxtamurod, 2003-yilda tugʻilgan J.Bexzod, 2002-yilda tugʻilgan V.Mexroj, 1998-yilda tugʻilgan X.Abrorlarga sud tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Bundan tashqari 10 nafar fuqaro 10 sutka maʼmuriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda. Shuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan daʼvosi yoʻqligini maʼlum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi — nufuzli xalqaro sport musobaqasi hisoblanadi. Bu kabi sport musobaqalarida jamoat tartibiga rioya etmaslik nafaqat sportchilarimiz, balki Oʻzbekiston obroʻsiga putur yetkazishi mumkinligini unutmang. Sizlardan muxlislik madaniyatiga amal qilishingizni va jamoat tartibiga qatʼiy rioya etishingizni soʻraymiz.

Previous articleLiviya deyarli barcha neft konlarida ishlab chiqarishni toʻxtatdi
Next articleXiaomi 12 Ultra texnik xususiyatlari rasmiy eʼlondan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here