Turkiya dushanba kuni Qora dengiz tubiga mamlakat qirg‘oqlaridan gaz quvurini yotqizishni boshladi. Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirok etdi.
“2023-yilning birinchi choragida 10 million kub metr gaz milliy gaz uzatish tizimimizga kiradi. Umid qilamizki, Sakarya gaz koni 2026-yilda eng yuqori gaz qazib olish darajasiga etadi”, dedi u TRT telekanaliga bergan intervyusida.
2020-yil 21-avgust kuni Erdo‘g‘an Turkiya Qora dengizda katta miqdorda tabiiy gaz zahiralari aniqlanganini e’lon qildi. 2023 yilga kelib, rasmiylar ichki bozorga yetkazib berishni boshlashni kutmoqda.