Home Shou-biznes Manfaatlar toʻqnashuvi alohida Qonun bilan tartibga solinmoqda

Manfaatlar toʻqnashuvi alohida Qonun bilan tartibga solinmoqda

0

Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot telegram kanalida xabar qilindi. Adliya vazirligi tomonidan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida qonun loyihalari ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Qonun loyihalarida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

▫️ davlat tashkiloti xodimi yoki uning yaqin qarindoshi aksiyadori, muassisi (ishtirokchisi), boshqaruv organi aʼzosi hisoblanadigan yuridik shaxs ushbu xodimlarga aloqador shaxs hisoblanadi;

▫️ davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlum qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

🔸manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni deklaratsiya qilish;

🔸mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berish.

Davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador boʻlgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim. Shuningdek, manfaatlar toʻqnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda.

Xususan: davlat tashkilotlari xodimlarining har bir holatda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar bermaganligi BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha (takroran boʻlsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha); mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatlarni tartibga solmaganligi BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha (takroran boʻlsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jarima solishga sabab boʻlishi mumkin.

Mazkur qonun loyihalari qabul qilinsa, davlat tashkilotida davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishi oldi olinishi hamda xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi 3 ta indeksda Oʻzbekiston pozitsiyasiga ijobiy taʼsir etishi kutilmoqda.

Previous articleUkrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk vafot etdi
Next articleQuvayt valiahd shahzodasi vazirlar mahkamasining jamoaviy iste’fosini ma’qulladi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here