Home Jahon Turkiyada 4 milliondan ortiq qochqin – rasmiy

Turkiyada 4 milliondan ortiq qochqin – rasmiy

0

Bu haqda bugun Hurriyet gazetasi Turkiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ismoil Chatakliga tayanib xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 5 yil ichida Turkiya 323 859 nafar noqonuniy muhojirni deportatsiya qilgan. 2022-yilda 113 davlatdan 21 087 kishi vataniga jo‘natilgan, eng ko‘p muhojirlar Afg‘onistonga (9654/ va Pokistonga /4206/) deportatsiya qilingan.

 

Suriya shimolidagi “xavfsiz” hududlarga o‘z ixtiyori bilan qaytgan suriyaliklar soni, I.Chatoqlining so‘zlariga ko‘ra, 497 926 kishini tashkil qildi.

 

“Turkiya immigratsiya siyosatini qonun ustuvorligi va insonparvarlik qadriyatlari asosida olib bora oladigan yagona davlatdir”, – dedi vazir oʻrinbosari. Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya hukumati migratsiyaning sababini bartaraf etish orqali to‘xtatishga harakat qilmoqda va shu sababli Turkiyadagi suriyaliklar soni so‘nggi 5 yil ichida ko‘paymagan.

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yaqinda hukumat 1 million suriyalikni o‘z vatanlariga ixtiyoriy ravishda qaytarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, chunki turk jamoatchiligi ularning mamlakatda qolishiga tobora qarshi bo‘lib bormoqda. Hozir Turkiya hukumati Suriyaning turkparast kuchlar nazorati ostidagi shimoliy hududlarida uylar va ijtimoiy obyektlar qurmoqda.

 

Boshqa, asosan qo‘shni davlatlardan kelgan yuzlab qochqinlarni hisobga olmaganda, dunyodagi barcha davlatlar ichida Turkiya eng ko‘p suriyalik qochqinlarni qabul qilgan. Turkiyaning ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarida muhojirlarni ayblash kuchaymoqda.

 

Mustafo Yaxyoyev

Previous articleFuqarolar qaysi davlat organlariga koʻproq ishonch bildirmoqda?
Next articleVolodimir Zelenskiy Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here