Home Shou-biznes Fuqarolar qaysi davlat organlariga koʻproq ishonch bildirmoqda?

Fuqarolar qaysi davlat organlariga koʻproq ishonch bildirmoqda?

0

Bugun ijtimoiy tarmoqqa kirishingiz bilan qaysidir fuqaroning huquqlari toptalayotgani yuzasidan murojaati yoki biror davlat organining korruptsion hatti harakatlari haqidagi xabarlarni uchratishingiz aniq. Islohotlar amalga oshirilayotgan davrda, mansabdor shaxslarning noqonuniy qilmishlari aksar holatlarda vaqtida aniqlanib tegishli choralar ko’rilmoqda. Lekin e’tibordan chetta qolayotgan holatlar ham yo’q emas. Korrupsiya haqidagi xabarlar davlat organlariga nisbatan turlicha qarashlar va fikrlarni keltirib chiqarmoqda. Baʼzi organlar xabarlarga nisbatan tezkor izoh yoki raddiya berayotgan boʻlsa, baʼzilari munosabat bildirishda oqsamoqda. Taftish.uz ning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi guruhida “Sizningcha qaysi davlat organlari fuqarolar murojaatlarini qonuniy va haqqoniy ko’rib chiqadi?” – degan savol bilan aʼzolar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdik. Unda aksariyat foydalanuvchilar davlat organlariga nisbatan tanqidiy izohlar qoldirgan boʻlsa, baʼzilar oʻzi duch kelgan holatlar haqida yozdi.

So’rov natijalariga ko’ra Davlat xavfsizlik xizmati ijobiy natija bilan guruh a’zolarining eng ko’p ovozini oldi. Undan keyingi o’rinni orada katta farq bilan Adliya organlari va Prokuratura egalladi. Sudlar va Ichki ishlar organlari eng kam ovoz olib oxirgi o’rinda turdi.

Bundan tashqari so’rovga guruh a’zolari turlicha izohlar ham qoldirishdi.

Misol uchun:

Natijalardan umumiy xulosa qilish mumkinki, fuqarolarning ushbu organlarga nisbatan ishonchi yuqori emas. Ayniqsa Sud va Ichki Ishlar tizimlarida qilinishi kerak boʻlgan ishlar anchagina. Prokuratura va DXXda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlardan ijobiy natija kutilmoqda.

 

 

Previous articleBOLASINI SOTGAN ONAGA TAYINLANGAN JAZO
Next articleTurkiyada 4 milliondan ortiq qochqin – rasmiy

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here