Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Komunistik Partiya tashkil etilganining 90 yilligi sharafiga o‘tkazilgan paradda aytganidek, Shimoliy Koreya unga qurol bilan tahdid qiladigan har qanday kuchni yo‘q qiladi. Uning 26-apreldagi so‘zlari Koreya markaziy telekanali tomonidan keltirib oʻtilgan. Eslatib o‘tamiz, parad Pxenyandagi Kim Ir Sen maydonida 25-aprel kuni taxminan soat 21:00 dan (Toshkent vaqti bilan 17:00) bo‘lib o‘tgan edi.
Janubiy Koreya matbuotiga ko‘ra, unda 20 mingga yaqin askar va 250 dan ortiq texnika, jumladan, “Xvason-8” gipertovushli raketasi ishtirok etgan. Voqea tafsilotlari keyinroq maʼlum boʻlishi mumkin, KXDR ommaviy axborot vositalari bu haqda batafsil hisobot eʼlon qilganda parad videosi televizorda namoyish etiladi.
Mustafo Yaxyoyev