Home Jahon Putin Indoneziyada bo’ladigan G20 sammitiga taklif oldi

Putin Indoneziyada bo’ladigan G20 sammitiga taklif oldi

0

Indoneziya Moliya vazirligi: G20 davlatlarining barcha yetakchilari, jumladan Putin ham sammitga taklifnoma oldi.

“Katta yigirmatalik”ga kiruvchi barcha davlatlar yetakchilari shu yil oxirida boʻlib oʻtadigan norasmiy assotsiatsiyalar sammitiga taklif qilindi, dedi Indoneziya moliya vaziri Mulyani Indravati. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Indoneziya bu yil G20ga raislik qilmoqda.

Uning qoʻshimcha qilishicha, sammit tashkilotchilari dunyo yetakchilariga, jumladan, Rossiya davlati rahbariga ham xuddi shunday taklifnomalarni “oldindan” yuborishadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyani Katta Yigirmalikdan chiqarib tashlash tarafdori ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu masala guruhga kiruvchi davlatlar rahbarlari tomonidan muhokama qilingan, biroq hamma ham bunga rozi emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sputnik radiosi Qo‘shma Shtatlar Rossiyani Katta Yigirmatalikdan chiqarish mumkin emasligini tan olgani haqida xabar bergandi.

 

 

Previous articleYon qoʻshnisi joni hisobiga qarzini uzgan qotil
Next articleRonaldu “Arsenal”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berishi mumkin

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here