Home Sport va turizm Ronaldu “Arsenal”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berishi mumkin

Ronaldu “Arsenal”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berishi mumkin

0

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning 34-turidan o’rin olgan mankunianliklar “Arsenal”ga qarshi o’yinda ishtirok etishi mumkin bo’ladi. Bu haqda “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ralf Rangnik malum qildi.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi payshanba kuni Karrington klubi bazasiga etib kelgani va “Manchester Yunayted” mashg’ulotlarida qatnashgani malum bo’lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu yangi tug‘ilgan o‘g‘li vafot etgani haqida xabar bergan edi. Portugaliyalik hujumchi fojia tufayli mersisaydliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan Angliya Premer-ligasining 2021/2022-yilgi mavsumi 30-turidan o‘rin olgan “Liverpul” bilan uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Uchrashuv davomida “Liverpul” muxlislari portugaliyalik futbolchini olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. Aksiyaga mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham qo‘shildi.

Previous articlePutin Indoneziyada bo’ladigan G20 sammitiga taklif oldi
Next article2022 yilgi jahon chempionatida o’yindan tashqari holatni aniqlashning yarim avtomatik tizimidan foydalanish mumkin

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here