Home O'zbekiston Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

0

“Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2022 yil 1 iyuldan kasanachilikni fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etiladi. 2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvargacha:

  • kasanachilarga daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda ko‘pi bilan 1 million so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
  • kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
  • olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kasanachilar soni kamida 10 nafar bo‘lgan tadbirkorlarga kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik beriladi.

2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvargacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorida subsidiya ajratiladi.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tarkibida mavsumiy va kasanachilik ishlari portali ishga tushiriladi.

Bundan oldin kasanachilar bilan ishlaydigan tadbirkorlarga 500 mlrd so‘m yo‘naltirilishi xabar qilingandi.

Previous articleO‘zbekistonda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 420 dollarni tashkil etdi
Next articleIsroil politsiyasi tosh otishdan keyin Quddusdagi muqaddas qadamjoga bostirib kirdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here