Home O'zbekiston Boʻstonliqda 30 million dollarlik davlat yerini 3 million dollarga sotishga uringan shaxslar...

Boʻstonliqda 30 million dollarlik davlat yerini 3 million dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

0

Boʻstonliqdagi yer maydonini 3 mln. AQSh dollariga sotishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, 15 aprel kuni Bosh prokuratura, IIV Yer resurslarini talon toroj qilinishini oldini olish boʻlimi va Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Boʻstonliq tumani hokimining tegishli qarori bilan “M.B.B.” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 30 mln. AQSh dollari miqdorida investitsion loyihani amalga oshirish sharti bilan maktabgacha taʼlim muassasasi va savdo-maishiy xizmat koʻrsatish majmualari qurilishi uchun 40 gektar yer maydoni ajratilgan.

Biroq, MChJ mansabdor shaxslari bugungi kunga qadar ushbu yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan “Elmurod” ismli shaxs orqali 3 mln. AQSh dollariga sotayotganligi haqida tezkor maʼlumot olingan.

Tadbir davomida, 40 gektar yer maydoniga egalik huquqi boʻlmagan toʻrt nafar tadbirkor hamda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi yordamchisi fuqaro D.A.ga 3 mln. AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, oldindan 180 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi prokuratura bergan xabarda.

Previous articleThe results of the French election are known: Macron and Le Pen won the second round
Next articlePokistonda Xitoyning Hualun-1 reaktoriga ega yana bir quvvat bloki ishga tushirildi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here