Yigit Olmaota viloyatidagi masjidlarda namoz vaqtida buyum javonlarni talon-taroj qilgan. Bu haqda politsiya koʻrsatmalariga tayanib nur.kz xabar berdi.
25 yoshli yigit Olmaota viloyatidagi masjidlarda sodir etilgan 16 ta o‘g‘irlikda gumon qilinmoqda. U fevral oyining oxirida Talgar tumani politsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Aytilishicha, masjidda buyumlarini yoʻqotgan odamlar tomonidan bir qancha arizalar kelib tushgan. Shundan keyingi tekshiruvlar natijasida yigit gumon ostiga olingan. U bunga qadar ham o‘g‘irlikda ayblangan edi.
“Gumonlanuvchi shom namozi vaqtidan foydalanib, masjid a’zolarining pullari, uyali telefonlari va qimmatbaho buyumlarini o’g’irlagan. U masjidlar ichida ham, tashqarisida ham harakat qilgan, to’xtab turgan mashinalarni ochgan”, – dedi Talgar tumani politsiyasi.
Video yozuvlar va o‘g‘irlangan telefonlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Yigitga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.