Home Shou-biznes Zelenski Associated Pressga intervyu berdi

Zelenski Associated Pressga intervyu berdi

0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Associated Press agentligiga intervyu berdi

Tinchlik muzokaralari haqida:

“Odamlar urush tugashini, bizning shartlarimiz asosida tugashini xohlaydi. Lekin qaysidir yaqinini yoʻqotgan, farzandlaridan ayrilgan odamlar hech qanday tinchlik bitimi, hech qanday shart bilan qanoatlanmaydi, deb oʻylamayman. Yara juda katta”.

“Ammo hissiyotlardan tashqari, qanchalik ogʻir boʻlmasin, biz tushunishimiz kerakki, har qanday urush tinchlik bilan yakunlanishi kerak, aks holda u millionlab qurbonlarga olib keladi”.

“Ha, biz kurashishimiz kerak, lekin hayot uchun kurashishimiz kerak. Hech narsa, odamlar yoʻq boʻlganda, chang uchun kurashib boʻlmaydi. Shuning uchun bu urushni toʻxtatish juda muhim. Garchi bu mushkul, hissiy jihatdan qiyin boʻlsada, hech kim mamlakatni masxara qiladigan odamlar bilan gaplashishni xohlamaydi. Ularni tushunish mumkin, men oʻzim ularni erkak sifatida, ota sifatida juda yaxshi tushunaman. Ammo, agar u mavjud boʻlsa, diplomatik yoʻl bilan yechim topish imkoniyatini yoʻqota olmaymiz. Urushni toʻxtatmoqchi boʻlgan oʻn millionlab odamlar uchun qaror qabul qila olmaymiz. Biz ular uchun qaror qabul qilib, “Yoʻq, biz qotillar bilan gaplashmaymiz”, deya olmaymiz”.

Mariupoldagi vaziyat haqida:

“Mariupol bugungi urushning yuragi. U urib turibdi. Biz kurashamiz, biz kuchlimiz. Agar u urishdan toʻxtasa, biz zaifroq holatda boʻlamiz. Mariupoldagi pozitsiyamiz qanchalik kuchli boʻlsa, mamlakat sharqidagi kuchlarimiz shunchalik kuchli qarshilik koʻrsatadi. Bizning kuchlarimiz qanchalik kuchli boʻlsa, muzokaralar uchun shunchalik yaxshi. Biz Rossiya Federatsiyasi bilan muloqotda ustunlikka ega boʻlamiz”.

 

“Agar biz NATOda boʻlganimizda, bu urush boʻlmas edi. Yoki hammasi hozirgidek boʻlmasdi. Qoʻshnilar bizga yelka berishardi”.

 

Zelenskiy, shuningdek, Ukrainaga olib ketilayotgan qurol va jihozlar yetarli emasligini aytdi. Agar yordam koʻproq boʻlganida va tezroq yetib kelganida, Mariupolda yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolgan boʻlardi,  dedi u.

Previous articleGermaniya yana ikki yil Rossiya gaziga qaram boʻladi
Next articleFransiyada saylovning ikkinchi bosqich qatnashchilari aniqlandi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here