Rossiyaning Ukrainaga harbiy operatsiyasining birinchi kunida rossiyalik tadbirkorlarning boyligi 39 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, USM asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonov roʻyxatda rossiyalik milliarderlar orasida beshinchi oʻrinni qayd etib, 1, 2 milliard dollar yoʻqotgan. Uning boyligi 20,3 milliard dollarni tashkil qiladi.
Rossiyaliklar orasida “Bloomberg Billionaires Index”ni boshqarayotgan Vladimir Potanin qariyb 3 milliard dollar yoʻqotgan (uning boyligi 26,1 milliard dollarga yetgan). “Severstal” direktorlar kengashi rahbari Aleksey Mordashovning zarari 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan (umumiy boyligi 23 milliard dollar).