Home Jurnalistik surishtiruv Ukrainadagi vaziyat yaxshilanadimi?

Ukrainadagi vaziyat yaxshilanadimi?

0

Ming afsuslar boʻlsinki, dunyoni qaytadan taqsimlash jarayoni ochiqchasiga boshlandi. Rossiya Ukrainaga, Xitoy Tayvanga urush ochdi. Turkiya Bosfor va Dardanelni blokirovka qilishni boshladi. Eron ham rejasini oshkor qildi. Pokistonning niyati maʼlum boʻldi. Xudo oʻzi asrasin bu uchinchi jahon urushining ibtidosi boʻlmasin. Kechagina fashizm balosidan oʻzlari ozod qilgan va bu yoʻlda ota-bobolarining qoni toʻkilgan yerga-makonga bugun Rossiyaning oʻzi urush eʼlon qilsa…. Dunyo Putin timsolida yovuz Gitlerning qayta tirilishini koʻrmoqda. Bu maxluqni dunyo jamoatchiligi bugun, erta yovuz niyatidan qaytarmasa, ona zamin yana millionlab navqiron oʻgʻlonlarning, oʻspirin yigitlarning qonli oʻlimiga, ota-onalar va yosh goʻdaklarning olamni tutgan faryodiga guvoh boʻladi. Urush balosidan oʻzi asrasin.

Ravshan Omonov, Jurnalistika fakulteti dekan o’rinbosari

Previous articleUkraina hududida 4300 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi bor
Next articleAlisher Usmonov Rossiya hujumi oqibatida qancha zarar koʻrgani maʼlum boʻldi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here