Home Jurnalistik surishtiruv Dunyo keskin o‘zgarib boryapti, OAV vaziyatlarni o‘zida to‘liq aks ettira olyaptimi?

Dunyo keskin o‘zgarib boryapti, OAV vaziyatlarni o‘zida to‘liq aks ettira olyaptimi?

0

Bugungi gazetalarni varaqlaganda…

Kundalik gazetalar bilan tanishib borar ekanmiz, bir hadik ko‘ngildan o‘taveradi – dunyo keskin o‘zgarib boryapti. Matbuot, OAV esa uni o‘zida to‘la aks ettira olyaptimi?.. 

“Yangi O‘zbekiston“ning bugungi sonida davlat rahbarining Qoraqalpog‘iston bo‘ylab qilayotgan safari tafsilotlariga keng e’tibor qaratilgan. Shuningdek, elektron pullar, aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatadigan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, Afg‘oniston va mintaqa hayoti, yetakchi yoshlar, o‘zbek olimlarining dunyoga tanitishda muhim rol o‘ynayotgan ingliz tilini o‘rganish, madaniy meros, ekspress kutubxona va inson qadri bilan bog‘liq xabar, lavha, maqolalar o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

“Xalq so‘zi”da berilgan “Qoraqalpog‘iston taraqqiyotida yangi sahifa ochilmoqda” nomli sharh orqali mamlakat shimolida yuz berayotgan o‘zgarishlardan bohabar bo‘lasiz. Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishasiz. Shuningdek, YeI bilan hamkorlik aloqalari, tashqi mehnat migratsiyasi, Afg‘oniston bo‘yicha sa’y-harakatlar mushtarakligi, ishsizlikdan boshlangan yumush daromad manbaiga aylangani haqidagi maqolalarda bugungi kun ruhini ko‘rasiz.

“XXI ASR” “Prezident Orolbo‘yi mintaqasida” nomli maqola e’lon qilgan. Unda davlat rahbarining mamlakat shimolida davom etayotgan safari tafsilotlari aks etgan. “Zing-zing! “Ey, sendachi? Insof bormi?”, “Ginkgo – kumush o‘rik” maqolalarini albatta o‘qing! Unda siz va bizni bezovta qilayotgan muammolar, inson va tabiat uyg‘unligi haqida so‘z boradi. Taniqli jurnalist Ro‘zimboy Hasanning “Qayta tiklangan qaror… nega hamon ijrosiz qolmoqda?” maqolasini “ajab hangomalar” ruknida o‘qiysiz.

“Ishonch” gazetasining bugungi soni qiziqarli va mulohazali maqolalarga boy. “Madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi” nomli sahifa e’tiborni tortadi. “Kun nafasi”dan o‘rin olgan xabarlar orqali yangiliklardan voqif bo‘lasiz. “Inspektorlar qayerda?”, “Zamonaviy tuzoqlar o‘ljasi kim?”, “Pandemiya chekinmoqda. Biroq…” kabi maqolalarda bugungi kun manzaralari, mushohada va mulohaza, jamiyat muammolarini ko‘rasiz. “Hayrat uyg‘otuvchi she’riyat”, “Ozarbayjonning o‘zbegi” sahifalari maroq bilan o‘qiladi.

“Jamiyat” газетасиning bugungi sonida e’lon qilingan “Ona zaminning Marsga maktubi”, “Toshkent “non shahri” emas”, “Avval ma’rifat, keyin siyosat” maqolalarini zavq, ammo ichki bir mulohaza bilan mutolaa qilasiz. “Mahallaning tashabbus va ijro nazorati: unga qanday erishiladi?” maqolasida mahallalardagi bugungi hayotni ko‘rasiz. “…Har ne istarsen, o‘zungdan istagil”, “Jo‘rovoz”lar ko‘payibdi, “jo‘raboz”lar!” hamda “Hasad balosi” sahifalarida ko‘ngilga yo‘l, inson manzaralari va hayot noqisliklarini ko‘ramiz…

“Qishloq hayoti” газетасиda e’lon qilingan “Qoraqalpog‘iston taraqqiyotiga yangi sahifa ochilmoqda” maqolasi e’tiborni tortadi. “Suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda bormoqda”, “Tejamkorlik ariqdan boshlanadi” kabi maqolalarda suvning hayotimizdagi o‘rni, qishloqlarimizdagi hayot haqida so‘z boradi.

bugungi gazetalarni o‘qing, bugungi kun havosidan nafas oling…

A.Narzulloyev, O‘zA

Previous articleAndijonda erkak qarz sabab ayolni pichoqlab o‘ldirdi
Next articleUkraina elchisi NATO kuchlarini chaqirdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here